Asosiy mazmunga o‘tish

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

Kelajak yetakchilarini bugundan tayyorlaymiz

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi Iqtidorli yoshlar uchun zamonaviy bilim, xalqaro standartlar va kuchli tarbiya uyg‘unlashgan ta’lim maskani.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi

“Biz mamlakatimizni yangi bosqichga ko‘tarishni maqsad qilgan ekanmiz, buni birinchi navbatda ta’lim va tarbiya rivoji bilan bog‘laymiz. Prezident maktablari — bu yangi O‘zbekiston poydevorini barpo etadigan, mamlakatimizni yorug‘ kelajakka yetaklaydigan intellektual elita maskanidir.”

Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

Biz haqimizda

Maktab haqida umumiy ma’lumot

Farg'ona shahridagi Prezident maktabi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4199-sonli qarorga muvofiq tashkil etilgan. Mazkur ta’lim muassasasi mamlakatimizda iqtidorli bolalarni aniqlash, ularga ilgʻor texnologiyalar asosida jahon standartlariga mos ta'lim-tarbiya berish maqsadida ochilgan ilk namunaviy maktab hisoblanadi. Maktab internat (boarding school) tizimida faoliyat yuritadi. Unda oʻquvchilar haftasiga besh kun davomida to'liq yotoqxona, bepul oziq-ovqat va maxsus kiyim-bosh bilan ta'minlangan holda maktab hududida yashab, tahsil oladilar.

Batafsil ma’lumot
Maktab binosi

FARG‘ONA SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABI

Maktab ko‘rinishi

Ta’lim

5–6-sinflar

Asosiy akademik ko‘nikmalarni mustahkamlash

7–8-sinflar

Fanlarni chuqurlashtirish va tadqiqot ko‘nikmalari

9-sinf

IGCSE yo‘nalishiga tayyorgarlik

10-sinf

IGCSE fanlari va yuqori akademik talablar

11-sinf

AS/A Level va universitetga tayyorgarlik

Qabul
1-qadam: Kimlar topshira oladi?

4-sinf bitiruvchilari 5-sinfga qabul qilinadi. STEAM fanlaridan (Matematika, Tabiatshunoslik) yillik baholar "5" (a'lo)…

2-qadam: Hududiy mansublik

O‘quvchi faqat o‘zi ta’lim olayotgan hududdagi (viloyatdagi) Prezident maktabiga hujjat topshira oladi.

3-qadam: Onlayn ariza

Hujjatlar ariza.piima.uz yoki my.gov.uz orqali qabul qilinadi. 3x4 rasm va tabel nusxasi talab etiladi.

Hoziroq ariza berish