Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida kuzgi ta’tilda o‘qilgan badiiy asarlar muhokamasi o‘tkazilmoqda
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mutolaa madaniyatini rivojlantirish maqsadida kuzgi ta’til davomida sinflar kesimida badiiy asarlar mutolaasi tavsiya etildi.
Ta’tildan so‘ng o‘quvchilar adabiyot fani ustozlari bilan birgalikda o‘qigan asarlari yuzasidan qiziqarli suhbat va muhokamalarda ishtirok etmoqdalar. Mashg‘ulotlar jarayonida asarlarning mazmun-mohiyati, qahramonlar xarakteri hamda muallif ilgari surgan g‘oyalar atroflicha tahlil qilinib, o‘quvchilar o‘z shaxsiy fikr va xulosalarini erkin bildirmoqdalar.
Bunday adabiy-tahliliy mashg‘ulotlar yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, mustaqil va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish hamda o‘z nuqtayi nazarini asoslash ko‘nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Zero, kitob mutolaasi — bilim sari, tahlil esa teran tafakkur sari qadamdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
11/11/2026
14

