Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi attestatsiyada 92 ball to‘plab, oliy toifa va 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi
Yangilik
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining tarix fani o‘qituvchisi Yunusov Ahrorjon Aminjonovich pedagoglar attestatsiyasida yuqori natija qayd etib, 92 ball bilan oliy malaka toifasini munosib tasdiqladi hamda 70 foizlik ustamaga ega bo‘ldi.
Shuningdek, tajribali ustoz Ahrorjon Aminjonovich 2025–2026-o‘quv yilida ta’lim tizimidagi fidokorona mehnati uchun «Xalq ta’limi a’lochisi» ko‘krak nishoni bilan ham taqdirlangan.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi ustozimizni ushbu yuksak e’tiroflar bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusidagi mas’uliyatli va sharafli pedagogik faoliyatida yangi marralar, ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 16:05
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
12/11/2026
15

