
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi iGeo-2026 xalqaro olimpiadasida bronza medalini qo‘lga kiritdi
Turkiyaning Istanbul shahrida 11–17-avgust kunlari 22-Xalqaro geografiya olimpiadasi — iGeo-2026 bo‘lib o‘tdi.
Nufuzli xalqaro olimpiadada dunyoning qariyb 50 ta mamlakatidan 184 nafar yosh geograf ishtirok etdi. Ishtirokchilar yozma test, multimedia sinovi hamda dala amaliyoti kabi murakkab bosqichlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.
O‘zbekiston terma jamoasi safida qatnashgan Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Hakimjonov Yahyo Zafarjon o‘g‘li munosib natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘quvchimizning ushbu yuksak natijaga erishishida o‘z bilim va tajribasi bilan yaqindan ko‘maklashgan geografiya fani o‘qituvchisi Izbayeva Dilfuza Rahmatovnaga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

