Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Turkiyaning Istanbul shahrida 11–17-avgust kunlari 22-Xalqaro geografiya olimpiadasi — iGeo-2026 bo‘lib o‘tdi.

Nufuzli xalqaro olimpiadada dunyoning qariyb 50 ta mamlakatidan 184 nafar yosh geograf ishtirok etdi. Ishtirokchilar yozma test, multimedia sinovi hamda dala amaliyoti kabi murakkab bosqichlarda o‘z bilim va salohiyatlarini namoyish etdilar.

O‘zbekiston terma jamoasi safida qatnashgan Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o‘quvchisi Hakimjonov Yahyo Zafarjon o‘g‘li munosib natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.

O‘quvchimizning ushbu yuksak natijaga erishishida o‘z bilim va tajribasi bilan yaqindan ko‘maklashgan geografiya fani o‘qituvchisi Izbayeva Dilfuza Rahmatovnaga alohida minnatdorchilik bildiramiz.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Yahyoni ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaydi hamda uning kelgusidagi ta’lim va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaydi.

Oxirgi yangilangan: 17.08.2026 16:14

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

17/08/2026

1