PISA xalqaro baholash tadqiqoti — o‘quvchilar nigohida
PISA — dunyo mamlakatlaridagi 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini xalqaro mezonlar asosida baholashga xizmat qiluvchi yirik xalqaro tadqiqotdir.
Mazkur tadqiqot o‘quvchilarning faqat nazariy bilimlarini emas, balki o‘z bilim va ko‘nikmalarini hayotiy vaziyatlarda qo‘llay olish qobiliyatini ham baholaydi.
O‘zbekiston PISA xalqaro tadqiqotida ilk bor 2022-yilda ishtirok etdi. Tadqiqot natijalari mamlakatimiz ta’lim tizimining kuchli jihatlari hamda rivojlantirilishi lozim bo‘lgan yo‘nalishlarini xalqaro mezonlar asosida tahlil qilish imkonini beradi.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari PISA tadqiqotining mazmuni, xalqaro baholash mezonlari va zamonaviy ta’limning ahamiyati haqidagi fikrlarini bildirdi.
O‘quvchilarimizning fikr-mulohazalari Farg‘ona viloyati teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlangan lavhada yoritildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
18/09/2026
15

