Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Samarqand shahrida Markaziy Osiyoning 100 nafarga yaqin yosh ekofaollari va ekspertlarini birlashtirgan, iqlim o‘zgarishi hamda suv resurslariga bag‘ishlangan “RCOY Central Asia 2026” xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi.
“Markaziy Osiyo yoshlari iqlim, suv va barqaror rivojlanish uchun” shiori ostida o‘tkazilayotgan anjumanda Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining Ekologiya qo‘mitasi faol a’zosi Elyorbek Nosirov hamda “Yashil tashabbuslar” tanlovi g‘olibi Asilbek Abdullayev munosib ishtirok etmoqda.
Konferensiya davomida vakillarimiz iqlim siyosati, muzliklarning erishi va cho‘llanish kabi dolzarb ekologik muammolar bo‘yicha bilimlarini chuqurlashtirmoqda. Shuningdek, ular ekspertlar ishtirokidagi sessiyalar va “yashil” innovatsiyalar ko‘rgazmalarida qatnashib, ekologik loyihalarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqda.
O‘quvchilarimizning ushbu nufuzli anjumandagi ishtiroki ularning ekologik muammolarga befarq emasligi, tashabbuskorligi va barqaror kelajak yaratishga bo‘lgan intilishini namoyon etadi.
Vakillarimizga konferensiya davomida muvaffaqiyat va yangi bilimlar tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
10/09/2026
28

