Asosiy mazmunga o‘tish

Farg'ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr va konsert saroyi ochiq maydonida Yoshlar kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bo'lib o'tdi.

Tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa'dullayev, faol va iqtidorli yoshlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirni viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berib, yoshlarni bayram bilan qizg'in tabrikladi hamda mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati xalqaro miqyosda e'tirof etilayotganini alohida ta'kidladi.

Tadbir davomida turli sohalarda yuqori natijalarga erishayotgan faol yoshlar e'tirof etildi. Xususan, Farg'ona shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari munosib rag'batlantirildi:

Dilafruz Sobirova — 25 000 000 so'm
Mo'sajonova Shahrizoda — 25 000 000 so'm
Muhammadjonov Abdusalom — Smart televizor bilan taqdirlandi

Yurtimiz kelajagi bo'lgan barcha aziz yoshlarni bugungi bayram bilan yana bir bor tabriklaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

24/06/2026

7