"Yashil innovatsiyalar" respublika tanlovida Farg'ona Prezident maktabi o'quvchisi g'olib bo'ldi
Toshkent shahridagi "Zakovat Arena" majmuasida ekologik muammolarga zamonaviy yechim topishga qaratilgan "Yashil Tashabbuslar" forumi doirasida "Yashil innovatsiyalar" respublika tanlovining final bosqichi bo'lib o'tdi.
14 yoshdan 18 yoshgacha bo'lgan eng faol va tashabbuskor yosh ekologlar o'rtasida o'tgan ushbu tanlovga respublika bo'ylab jami 443 ta ariza kelib tushdi.
Quvonarlisi, Respublikaning eng iqtidorli yoshlari qatnashgan ushbu nufuzli tanlovda Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 9-"Green" sinf o'quvchisi Abdullayev Asilbek Avazjon o'g'li o'zining innovatsion loyihasi bilan o'z tengdoshlari orasida mutlaq g'oliblikni qo'lga kiritdi.
Asilbek ushbu yorqin g'alabasi evaziga 20 000 000 so'm pul mukofoti sohibiga aylandi.
Farg'ona shahridagi Prezident maktabi o'quvchimizni ota-onasi va ustozlarini ushbu ulkan muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
08/08/2026
15

