Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

“Yangi O‘zbekistonni yangi yoshlar bilan quramiz!”

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 2026–2027-o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar va ularning ota-onalari uchun ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbir davomida yangi qabul qilingan o‘quvchilar, ularning ota-onalari hamda boshqa mehmonlarga maktab pedagoglari tomonidan ta’lim muassasasining hayoti, dars jarayonlari va qo‘shimcha mashg‘ulotlari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Ochiq eshiklar kuni dasturidan quyidagilar o‘rin oldi:

maktab faoliyati haqida ma’lumot va taqdimot;
yangi o‘quv yiliga qabul jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot;
dars mashg‘ulotlari va to‘garaklar bilan tanishtirish;
Prezident maktabi bo‘ylab sayohat;
qiziqarli savol-javoblar;
o‘quvchilarni sinflarga taqsimlash jarayoni.

Tadbir ishtirokchilarga Prezident maktabidagi ta’lim muhiti, mavjud imkoniyatlar va o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkonini berdi.

Barcha o‘quvchilarimizga yangi o‘quv yilida omad, ulkan yutuqlar va zafarlar tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 21.08.2026 11:26

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

21/08/2026

3