Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 11-01 — Alisher Navoiy sinfi o‘quvchisi Mirzaxo‘jayeva Vazira Sohibjon qizi xalqaro imtihonlarda yuqori natijalarni qayd etdi. U SAT imtihonidan 1530 ball, IELTS imtihonidan esa 8.0 ballni qo‘lga kiritdi.

Vazira fan olimpiadalari va boshqa tanlovlarda ham munosib yutuqlarga erishib kelmoqda. Uning muvaffaqiyatlari qatorida quyidagi natijalar bor:

• 2024-yilda Al-Xorazmiy xalqaro matematika olimpiadasida bronza medali;
• ingliz tili fan olimpiadasining viloyat bosqichida 2-o‘rin;
• “Turon Yo‘lbarslari — 2026” musobaqasining viloyat bosqichida jamoaviy g‘oliblik;
• mazkur musobaqaning respublika bosqichida “Eng yaxshi mergan” nominatsiyasi g‘olibligi.

Vazira o‘qishdagi yutuqlari bilan birga maktabning jamoat ishlari va tadbirlarida ham faol ishtirok etadi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Vazira Mirzaxo‘jayevani ushbu muvaffaqiyatlar bilan samimiy tabriklaydi. Tirishqoq va faol o‘quvchimizga kelgusi o‘qishlarida omad, yangi yutuqlar va ulkan marralar tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 28.09.2026 10:37

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

26/09/2026

66