“Vatan tayanchi” otryadi a’zolarining tantanali qasamyod marosimi o‘tkazildi
Farg‘ona shahar Mudofaa ishlari bo‘limida shahardagi maktablarning “Vatan tayanchi” otryadlariga a’zo o‘quvchilari ishtirokida tantanali qasamyod marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining “Vatan tayanchi” otryadiga a’zo o‘quvchilari ham faol ishtirok etdilar.
Marosim davomida o‘quvchilar Vatanga sadoqat, yurt tinchligi va ravnaqi yo‘lida mas’uliyat bilan xizmat qilish hamda harbiy-vatanparvarlik qadriyatlariga sodiq bo‘lish ramzi sifatida tantanali ravishda qasamyod qildilar.
Mazkur tadbir yoshlarning Vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqatini mustahkamlash, ularda fidoyilik, intizom, vatanparvarlik hamda fuqarolik mas’uliyati kabi fazilatlarni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
30/09/2026
73

