“Tonggi Subhidam”: Abdulhoshim Ismoilov bilan samimiy uchrashuv
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston xalq artisti, sozanda va bastakor Abdulhoshim Ismoilov ishtirokida “Tonggi Subhidam” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Samimiy muloqot davomida o‘quvchilar san’atkorga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, musiqa, milliy san’at va ijod haqida bevosita uning fikrlarini tinglash imkoniga ega bo‘ldilar.
Abdulhoshim Ismoilov o‘quvchilarning milliy cholg‘u asboblariga qiziqishi va musiqa bilan shug‘ullanayotganidan mamnunligini bildirdi. U yoshlarning san’atga bo‘lgan intilishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘zi bilan olib kelgan g‘ijjak cholg‘u asbobini maktabga sovg‘a qildi.
Uchrashuvda milliy musiqa san’atining ahamiyati, yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish hamda milliy cholg‘u asboblariga qiziqishini oshirish yuzasidan fikr almashildi.
Mazmunli va samimiy ruhda o‘tgan “Tonggi Subhidam” uchrashuvi o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
24/09/2026
45

