Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

7-oktabr kuni Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 5-sinf o‘quvchilari tarix darslarida olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash maqsadida Farg‘ona viloyati o‘lkashunoslik muzeyiga tashrif buyurdilar.

Muzey eksponatlari bilan tanishish davomida o‘quvchilar Farg‘ona vodiysining boy tarixi, tabiati va madaniy merosi haqida qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Tarixiy buyumlar va ko‘rgazmalar darslarda o‘rganilgan mavzularni yanada yaxshiroq anglash hamda o‘tmish hayotini tasavvur qilish imkonini berdi.

Mazkur tashrif o‘quvchilarning tarix faniga qiziqishini oshirish, kuzatuvchanligini rivojlantirish va madaniy merosimizga hurmat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qildi. Bilim va taassurotlarga boy sayohat yoshlarni ajdodlarimiz merosini chuqurroq o‘rganishga undadi.

Oxirgi yangilangan: 19.10.2026 10:36

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

12/10/2026

32