Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 10-01 — Abu Nasr Forobiy sinfi o‘quvchisi Odiljonov Saidbek Jamshidbek o‘g‘li ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida 8.0 ball natijani qayd etdi.

Mazkur yutuq Saidbekning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari sari qat’iyat bilan intilishi, muntazam tayyorgarligi hamda bilim olish yo‘lidagi izchil mehnati samarasidir. Ushbu natija uning ingliz tilini yuqori darajada egallaganini ko‘rsatib, kelgusidagi ta’limiy maqsadlariga erishishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Saidbekning muvaffaqiyatidan faxrlanadi va uni ushbu yuqori natija bilan samimiy tabriklaydi.

Saidbekka ilm yo‘lida bardavom muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar hamda kelajak rejalarini amalga oshirishda kuch-g‘ayrat tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 12.10.2026 10:38

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

08/10/2026

37