Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 8-, 9- va 10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida sportning mini-futbol va shaxmat turlari bo‘yicha “Rahbar kubogi” musobaqasining Farg‘ona viloyati bosqichi o‘tkazildi.

Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining sport mahorati, intellektual salohiyati va jamoaviy hamkorlik ko‘nikmalarini namoyon etdilar. Mini-futbol bahslarida chaqqonlik va hamjihatlik, shaxmat bellashuvlarida esa mantiqiy fikrlash, diqqat va strategik yondashuv muhim o‘rin tutdi.

Mazkur musobaqa o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga qiziqishni oshirish hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etishga qaratildi. Shuningdek, bellashuvlar yoshlarning o‘z qobiliyatlarini sinab ko‘rishi va musobaqa tajribasini boyitishi uchun imkoniyat yaratdi.

Oxirgi yangilangan: 12.10.2026 10:41

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

10/10/2026

50