Prezident maktablari: 2019–2026-yillardagi natijalar
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi arafasida Prezident maktablarining 2019–2026-yillarda erishgan natijalariga nazar tashlaymiz.
O‘tgan davr mobaynida Prezident maktablarida iqtidorli yoshlarni saralash, ularga xalqaro standartlar asosida ta’lim berish hamda yuqori malakali mahalliy va xorijiy pedagoglarni jalb etishga qaratilgan yangi ta’lim tizimi shakllantirildi.
Bugungi kunda ushbu tizimning samarasi o‘quvchilar va bitiruvchilarning yuksak natijalarida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Jumladan, SAT imtihonida 1200 va undan yuqori natija qayd etgan bitiruvchilar ulushi 87 foizga yetdi. Shuningdek, dunyoning TOP-50, TOP-100 va TOP-300 universitetlariga qabul ko‘rsatkichlari sezilarli darajada oshdi.
Prezident maktablari bitiruvchilari Harvard University, University College London, Princeton University, University of Sydney va Brown University kabi jahondagi nufuzli oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilinmoqda.
Ushbu natijalar Prezident maktablarida yaratilgan zamonaviy ta’lim muhiti, pedagoglarning fidokorona mehnati hamda o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan qat’iy intilishining samarasidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
31/08/2026
36

