Prezident maktabida ustozlarga ehtirom mavzusida “Kelajak soati” darslari o‘tkazildi
2026-yil 19-oktabr kuni Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar ishtirokida ustoz va murabbiylarga hurmat-ehtirom ko‘rsatish mavzusiga bag‘ishlangan “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘qituvchilarning jamiyat ravnaqi, yosh avlodning ma’naviy va intellektual kamolotidagi beqiyos o‘rni hamda inson kamolotida ilm-ma’rifatning tutgan o‘rni keng yoritildi. Shuningdek, o‘quvchilar ustozlar mehnatini qadrlash borasidagi mulohazalarini o‘rtoqlashib, o‘z murabbiylariga minnatdorlik tuyg‘ularini izhor etdilar.
Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarda komil inson fazilatlarini qaror toptirish, ularni ustozlarga doimiy ehtirom ko‘rsatishga va boy milliy an’analarimizga sadoqat ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
19/10/2026
52

