Prezident maktabida “Ona tilim — mangu bo‘l, omon!” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Ona tilim — mangu bo‘l, omon!” shiori ostida keng qamrovli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar, adabiy kompozitsiyalar, sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar hamda qiziqarli so‘z o‘yinlari namoyish etildi. Badiiy chiqishlarda o‘zbek tilining boy tarixi, nafosati, milliy ma’naviyatimiz va madaniyatimiz rivojidagi beqiyos ahamiyati yuksak mahorat bilan ifodalandi.
Shu bilan birga, bayram doirasida o‘tkazilgan ijodiy insholar tanlovi sarhisob qilinib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan iqtidorli o‘quvchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. E’tiborlisi, maktabda faoliyat yuritayotgan xorijlik mutaxassislar ham bayram shodiyonasiga qo‘shilib, barcha ishtirokchilarga o‘zbek tilidagi samimiy qutlovlarini yetkazdilar.
Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan mazkur ma’rifiy tadbir o‘quvchi-yoshlarda davlat tiliga bo‘lgan chuqur ehtirom, faxr va milliy o‘zlikni asrab-avaylash tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
21/10/2026
12

