Prezident maktabi va IT Park Farg‘ona filiali o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi va IT Park Farg‘ona filiali o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur hamkorlik o‘quvchilarning dasturlash, sun’iy intellekt, muhandislik va zamonaviy axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
Hamkorlik doirasida IT Park va uning rezident kompaniyalari mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, interfaol seminarlar, sohaviy uchrashuvlar, amaliy tashriflar va turli IT loyihalarini tashkil etish rejalashtirilgan.
Shuningdek, 9–11-sinf o‘quvchilari uchun “Career Day” tadbirlari, mentorlik uchrashuvlari, hackathonlar va kasbiy yo‘naltirish mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Mazkur tadbirlar orqali o‘quvchilarga zamonaviy IT kasblari, mehnat bozori talablari va kelajakdagi kasbiy imkoniyatlar haqida kengroq ma’lumot beriladi.
Ushbu hamkorlik o‘quvchilarning nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan mustahkamlash, innovatsion fikrlashini rivojlantirish hamda kelajak kasbini ongli ravishda tanlashiga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
21/09/2026
18

