Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 7-01 — “Abu Ali ibn Sino” sinfi o‘quvchisi Obidova Aminaxon Taekwondo WT sport turi bo‘yicha bolalar va yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Qo‘qon shahar ochiq birinchiligi — “Challenjer” musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

“Giyohvandlik va terrorizmga qarshi kurash” shiori ostida tashkil etilgan ushbu nufuzli bellashuvda qo‘lga kiritilgan natija o‘quvchimizning sportga bo‘lgan yuksak qiziqishi, mustahkam qat’iyati va tinimsiz mehnatining yorqin samarasidir.

Maktabimiz jamoasi Aminaxonni ushbu munosib g‘alaba bilan samimiy tabriklab, kelgusidagi respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda ham ulkan omad, kuchli iroda va yorqin zafarlar tilaydi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 14:37

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

29/10/2026

9