Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Aziz yurtdoshlar!

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbdan muborakbod etadi!

Mustaqillik — milliy g‘ururimiz, erkin va farovon hayotimizning mustahkam poydevoridir. O‘tgan yillar davomida maktabimiz o‘quvchilari xalqaro olimpiadalarda sovrinli medallarni qo‘lga kiritib, Harvard universiteti hamda dunyoning eng nufuzli 100 ta oliy ta’lim muassasalari qatoridagi universitetlarga muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi.

Bu kabi yuksak zafarlar va ulkan yutuqlar — muhtaram Prezidentimiz tomonidan yoshlarimiz uchun yaratib berilayotgan keng imkoniyat va shart-sharoitlarning amaliy natijasidir.

Biz bu bilan to‘xtab qolmaymiz! Farg‘onaning bilimdon yoshlarini yanada baland cho‘qqilarga yetaklash, yangi zafar va marralarni zabt etish hamda Vatanimiz nomini dunyoga taratadigan barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ezgu maqsadlarimiz bardavom bo‘ladi.

Har bir o‘quvchimiz — kelajakning haqiqiy bunyodkoridir!

Mustaqilligimizning 35 yilligi muborak bo‘lsin!

Oxirgi yangilangan: 10.09.2026 13:25

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

01/09/2026

47