Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Mening oilam — Vatanimning bir bo‘lagi” mavzusida dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlar maktab rahbariyati va sinf rahbarlari mas’ulligida yuqori saviyada tashkil etildi.

Darslar davomida oila jamiyat va Vatanimizning asosiy bo‘g‘ini ekani o‘quvchilarga atroflicha tushuntirildi. Mavzuga oid taqdimotlar, videoroliklar va rasmlar namoyish etildi, shuningdek, o‘quvchilarning insholari taqdimoti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotlarda quyidagi muhim masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

Milliy g‘urur va vatanparvarlik. O‘quvchilarga o‘z oilasi va ajdodlari bosib o‘tgan yo‘ldan faxrlanish, shuningdek, Vatanimiz ravnaqi oilalarning farovonligi bilan uzviy bog‘liq ekanini anglash tushuntirildi.

Oilaviy qadriyatlarga hurmat. Ota-onalar va keksa avlod vakillarini e’zozlash, oiladagi totuvlik, mehr-oqibat hamda hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr almashildi.

Mazkur mashg‘ulotlar o‘quvchilarda oilaga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va Vatanga muhabbat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Oxirgi yangilangan: 10.09.2026 13:33

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

10/09/2026

28