Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga Farg‘ona viloyatidagi umumta’lim maktablarining matematika fani o‘qituvchilari tashrif buyurdilar. Tashrifdan ko‘zlangan maqsad pedagoglar o‘rtasida tajriba almashish, matematika ta’limini takomillashtirish yuzasidan fikr almashish hamda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Mehmonlar maktab faoliyati, o‘quvchilar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar va ta’lim jarayonining tashkil etilishi bilan yaqindan tanishdilar. Prezident maktabi o‘qituvchilari bilan o‘tkazilgan suhbatlarda matematika fanini o‘qitish metodikasi, o‘quvchilarning bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ilg‘or pedagogik tajribalarni ommalashtirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida viloyatda matematika ta’limi sifatini oshirish va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlariga alohida e’tibor qaratildi. Ishtirokchilar o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashib, ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan yondashuvlar yuzasidan fikr almashdilar.

Mazkur tashrif pedagoglar o‘rtasidagi kasbiy muloqotni rivojlantirish va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Oxirgi yangilangan: 28.09.2026 10:23

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

25/09/2026

52