Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun Marg‘ilon shahriga ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi.

Sayohat davomida o‘quvchilar Burhoniddin Marg‘inoniy majmuasiga tashrif buyurib, buyuk allomaning ilmiy-ma’naviy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Ularga allomaning islom huquqshunosligi va ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, o‘quvchilar kutubxonada bo‘lib, u yerda saqlanayotgan adabiyotlar, ma’naviy-ma’rifiy manbalar hamda kitobxonlar uchun yaratilgan muhit bilan tanishdilar.

Mazkur sayohat o‘quvchilarning tarixiy merosimiz haqidagi bilimlarini boyitish, ajdodlarimizning ilmiy faoliyatiga hurmatini oshirish hamda kitob mutolaasiga qiziqishini kuchaytirishga qaratildi.

Oxirgi yangilangan: 28.09.2026 11:30

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

28/09/2026

61