Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 8-01 — Ahmad al-Farg‘oniy sinfi o‘quvchisi Isroilov Ismoiljon Islomiddin o‘g‘li ta’lim va zamonaviy texnologiyalar yo‘nalishida munosib natijalarga erishmoqda.

Ismoiljon ingliz tilidan CEFR B2 darajasidagi sertifikatni qo‘lga kiritdi, KHISO olimpiadasida 2-o‘rinni egalladi hamda sun’iy intellekt bo‘yicha xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi.

Mazkur yutuqlar uning bilim olishga intilishi, muntazam izlanishi va o‘z ustida ishlashining samarasidir. Til o‘rganish, olimpiadalarda qatnashish va zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish borasidagi sa’y-harakatlari kelgusidagi ta’limiy maqsadlari uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Ismoiljonni ushbu muvaffaqiyatlar bilan samimiy tabriklaydi. O‘quvchimizga kelgusi o‘qishlarida omad, yangi bilimlarni egallashda kuch-g‘ayrat va yanada yuksak natijalar tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 19.10.2026 11:03

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

15/10/2026

28