Husnora Tursunboyeva IELTS imtihonidan 8.0 ball oldi
Yutuq
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining 10-01 — Abu Nasr Forobiy sinfi o‘quvchisi Tursunboyeva Husnora Ibroximjon qizi ingliz tili bo‘yicha xalqaro IELTS imtihonida 8.0 ballni qo‘lga kiritdi.
Ushbu natija Husnoraning ingliz tilini puxta egallagani, bilim olishga bo‘lgan intilishi hamda muntazam izlanish va mehnatining yorqin ifodasidir. Bu yutuq o‘quvchimizning kelgusidagi ta’limiy maqsadlari sari muhim qadam bo‘ldi.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi Husnoraning muvaffaqiyatidan faxrlanadi va uni ushbu yuqori natija bilan samimiy tabriklaydi.
Husnoraga ilm yo‘lidagi ezgu maqsadlariga erishishida kuch-g‘ayrat, o‘qishlarida davomli muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz!
Oxirgi yangilangan: 12.10.2026 10:35
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
08/10/2026
34

