Farg'ona viloyati rahbariyati bitiruvchi yoshlarni So'nggi qo'ng'iroq bayrami bilan tabrikladi
#fergana
#graduation_2026
Farg'ona viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Sherzod Dolimov barcha bitiruvchi yoshlarni maktabni tamomlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdi.
Sherzod Dolimov o'z tabrigida mustaqil hayotga qadam qo'yayotgan yoshlarga kelgusi o'qish va ishlarida ulkan zafarlar, yuksak marralarni zabt etishlarida omad tilab, yurtimiz rivojiga munosib hissa qo'shadigan yetuk mutaxassislar bo'lib yetishishlariga ishonch bildirdi. Bitiruvchilarning kelajak yo'llari yorug' bo'lishini tiladi.
So'nggi qo'ng'iroq ovozi bugun bizni katta maqsadlar sari odimlashga, porloq kelajagimizni qurishga undaydi. Prezident maktabi bizga nafaqat zamonaviy bilimlarni, balki yurtimizning kelajagiga befarq bo'lmaslik, vatanimizning gullab yashnashida yoshlar sifatida olg'a intilishga chorlamoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
18/06/2026
7

