Farg‘ona shahridagi Prezident maktabining xorijlik ustozlari O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tabrik yo‘lladilar
Yangilik
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida faoliyat yuritayotgan xorijlik professor-o‘qituvchilar 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan o‘zbek tilida samimiy tabriklarini yo‘lladilar.
Xorijlik mutaxassislarning davlat tilimizda bildirgan ezgu tilaklari o‘zbek tiliga, xalqimizning boy madaniyati va azaliy milliy qadriyatlariga bo‘lgan chuqur hurmat hamda ehtiromning yorqin ifodasidir.
Bu kabi iliq munosabat va e’tibor jamoalar o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va madaniy hamjihatlikni mustahkamlash bilan birga, o‘quvchi-yoshlarning ona tilimizga bo‘lgan mehr-muhabbati va faxr tuyg‘ularini yanada oshirishga xizmat qiladi.
Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 13:48
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
21/10/2026
9

