Asosiy mazmunga o‘tish

Farg'ona shahridagi Prezident maktabining 5 nafar bitiruvchisi "El-yurt umidi" jamg'armasining 2026-yil 1-ochiq stipendiya tanlovi g'olibi bo'ldi.

Tanlov komissiyasining qaroriga ko'ra, suhbat bosqichi uchun belgilangan eng yuqori 100 balldan kamida 61 ball to'plagan nomzodlar "suhbatdan o'tgan" deb e'tirof etildi.

Quyidagi o'quvchilarimiz g'olib deb topildi:

1. Muhammadjonov Abdusalom Abduqahhor o'g'li
2. Rahmatov Muhammadumar Shuhratjon o'g'li
3. Abdubannonov Abdurashid Abdulhakimovich
4. Mo'sajonova Shahrizoda Bekzod qizi
5. To'xtaboyeva Dilso'zxon Dilshodbek qizi

Ular "El-yurt umidi" stipendiyasini qo'lga kiritishdi hamda dunyoning nufuzli oliy ta'lim muassasalariga kirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Bitiruvchilarimizni ushbu yuksak natijalar bilan samimiy muborakbod etamiz va kelgusidagi faoliyatida ulkan zafarlar tilaymiz!

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

17/06/2026

4