Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabiga yangi tashkil etilgan So‘x tumani ixtisoslashtirilgan maktabi vakillari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida mehmonlar Prezident maktabining umumiy faoliyati, ta’lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishi, o‘quvchilar bilan ishlash tizimi hamda zamonaviy ta’lim metodlari bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, ta’lim maskanida yo‘lga qo‘yilgan samarali ish tajribalari, ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilarning bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashildi.

Uchrashuv davomida ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida muntazam tajriba almashish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni ommalashtirish hamda kelgusidagi amaliy hamkorlikni izchil rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur tashrif ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va ilg‘or pedagogik tajribalarni keng tatbiq etish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 14:21

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

24/10/2026

10