Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Yashil makon” loyihasi doirasida ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘tkazildi
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida ustozlar va o‘quvchilar ishtirokida keng ko‘lamli ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etildi.
Tadbir davomida maktab hududiga turli xil gullar ekilib, ta’lim maskanining yanada ko‘rkam, obod va yashil hududga aylanishiga munosib hissa qo‘shildi. Ustozlar bilan birgalikda hamjihatlikda mehnat qilgan o‘quvchilar tabiatni asrab-avaylash hamda o‘simliklarga g‘amxo‘rlik qilishning amaliy ahamiyatini chuqur his etdilar.
Bunday ekologik tashabbuslar o‘quvchi-yoshlarda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga nisbatan mehr-muhabbat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qiladi. Har bir ekilgan nihol va gul — tabiat go‘zalligini asrash hamda yashil hududlarni kengaytirish sari qo‘yilgan muhim qadamdir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
23/10/2026
10

