Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yili boshlandi.

Bu yilgi “Bilimlar kuni” tantanasi va ilk “Mustaqillik darsi” jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Tantanali tadbir 2026–2027-o‘quv yilida maktabning 5-sinfiga qabul qilingan o‘quvchilarni bayramona kutib olish bilan boshlandi. “Bilimlar kuni” doirasidagi uchrashuvda ustoz va murabbiylar, ota-onalar hamda iste’dodli yoshlar jam bo‘lishdi.

Tadbir davomida Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi ijrochi direktori Muminov Obidxon Norxujayevich so‘zga chiqib, o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. U yoshlarga puxta bilim egallab, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk kadrlar bo‘lib yetishish yo‘lida ulkan zafarlar tiladi.

Maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan yosh yulduzlar ham ushbu yuksak shiorni o‘zlariga dasturilamal qilib, Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga va’da berishdi.

Barcha o‘quvchilarimizga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, yuksak marralar va yangi zafarlar tilaymiz!

Oxirgi yangilangan: 10.09.2026 13:25

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

02/09/2026

53