Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida xalqaro SAT imtihoni o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida xalqaro SAT imtihoni o‘tkazildi.
Imtihon jarayonida mahalliy talabgorlar bilan birga Qirg‘iziston Respublikasidan kelgan Sayyoraxon Abdurahmanova ham ishtirok etdi.
SAT — universitet va boshqa oliy ta’lim muassasalariga kirishda keng qo‘llaniladigan xalqaro standartlashtirilgan imtihondir. Unda talabgorlarning matematika, o‘qish va yozish bo‘yicha akademik bilim hamda ko‘nikmalari baholanadi. SAT natijalaridan dunyoning ko‘plab universitetlariga hujjat topshirishda muhim mezonlardan biri sifatida foydalaniladi.
Bunday xalqaro imtihonlarning Farg‘ona shahrida tashkil etilishi yoshlarga o‘z bilim va salohiyatini namoyon etish, xalqaro ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish hamda nufuzli xorijiy universitetlarga kirish yo‘lida muhim qadam tashlash imkonini beradi.
Imtihonda ishtirok etgan barcha talabgorlarga yuqori natijalar va kelgusi ta’lim yo‘lida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
12/09/2026
16

