Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida «Ustozning ruhiy salomatligi — ta’lim sifati garovi» mavzusida psixologik trening o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida pedagog xodimlar ishtirokida maktab psixologi tomonidan «Ustozning ruhiy salomatligi — ta’lim sifati garovi» mavzusida psixologik trening tashkil etildi.
Trening davomida pedagoglarning ruhiy salomatligini asrash, stress va hissiy zo‘riqishlarni boshqarish, kasbiy charchashning oldini olish hamda jamoada ijobiy psixologik muhitni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ishtirokchilar turli psixologik mashqlar va amaliy topshiriqlar orqali o‘zaro fikr almashib, ichki ruhiy barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan foydali amaliy tavsiyalarga ega bo‘ldilar. Zero, ruhiy jihatdan sog‘lom va xotirjam ustoz — sifatli ta’lim va barkamol avlod tarbiyasining eng muhim omilidir.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
05/11/2026
9

