Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 30-sentabr kuni 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan maktab ustozlari va xodimlariga bayram tabriklari yo‘llandi.

Erta tongdan bildirilgan samimiy tilaklar ustoz va xodimlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashib, maktabda bayramona muhit yaratdi. Ularning yosh avlod ta’lim-tarbiyasi yo‘lidagi fidokorona mehnati hamda maktab hayotiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun minnatdorlik bildirildi.

Ustozning bilimi, sabr-toqati va mehridan ilhom olgan har bir o‘quvchi kelajak sari ishonch bilan qadam tashlaydi. Yoshlar qalbida ilmga intilish, Vatanga muhabbat, yuksak ma’naviy va insoniy fazilatlarni shakllantirish yo‘lidagi ustozlarning mehnati doimo yuksak e’tirofga loyiqdir.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Oxirgi yangilangan: 07.10.2026 12:59

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

30/09/2026

35