Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan sport musobaqalari o‘tkazild
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan 28-sentabr kuni pedagog xodimlar o‘rtasida mini futbol, voleybol va shashka sport turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida ustozlar nafaqat o‘zlarining bilim va tajribalarini, balki chaqqonlik, epchillik, jamoaviy hamjihatlik hamda sport mahoratlarini ham namoyon etdilar.
Mazkur sport tadbirlari pedagog xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, jamoada do‘stona va sog‘lom muhitni yanada mustahkamlash, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qildi.
Musobaqalar yakunida g‘olib va sovrindorlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklaydi hamda ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
29/09/2026
40

