Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Turon yakka kurash” sport to‘garagi faoliyati olib borilmoqda
2026-yil sentabr oyidan boshlab Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida o‘quvchi-yoshlarning jismoniy salomatligini mustahkamlash, darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Turon yakka kurash” sport to‘garagi faoliyat yuritmoqda.
Mashg‘ulotlar malakali to‘garak rahbari Jaxongir Soyipov boshchiligida maxsus o‘quv-mashg‘ulot dasturi asosida muntazam o‘tkazilmoqda. Jarayonda o‘quvchilarning jismoniy chidamliligini oshirish, ularda temir intizom, chaqqonlik, tezkorlik hamda milliy yakkakurash ko‘nikmalarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Mazkur sport to‘garagi o‘quvchi-yoshlarning nafaqat jismonan chiniqishiga, balki ularda mustahkam iroda, o‘ziga bo‘lgan ishonch va sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
21/10/2026
9

