Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida to‘garaklar taqdimoti o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari uchun to‘garaklar taqdimoti o‘tkazildi.
Yoshlarning bilim va salohiyatini rivojlantirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida maktabimizda o‘ndan ortiq to‘garak faoliyat olib boradi.
Ushbu to‘garaklarda o‘quvchilar:
dasturlash va zamonaviy axborot texnologiyalarini o‘rganish;
robototexnika loyihalarini yaratish;
xorijiy tillarni o‘zlashtirish;
san’at va madaniyat sohasidagi bilimlarini rivojlantirish;
media yo‘nalishida zamonaviy ko‘nikmalarga ega bo‘lish;
suzish va kurash orqali jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash imkoniyatiga ega.
Taqdimot davomida o‘quvchilarga har bir to‘garakning maqsadi, mashg‘ulotlar mazmuni va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. O‘quvchilar o‘z qiziqish va qobiliyatlariga mos yo‘nalishlarni tanlab, to‘garaklarga ro‘yxatdan o‘tdilar.
Kelajak yetakchilarining bilimli, tashabbuskor, ijodkor va jismonan barkamol bo‘lib kamol topishi uchun maktabimizda barcha zarur sharoitlar yaratilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
10/09/2026
24

