Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Sport kuni” doirasida musobaqalar o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi “Sport kuni” doirasida tashkil etilgan sport mashg‘ulotlarida faol ishtirok etdi.
Tadbir davomida xodimlar o‘rtasida mini-futbol, voleybol va basketbol bo‘yicha kichik musobaqalar o‘tkazildi. Do‘stona raqobat ruhida kechgan bellashuvlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlab, jamoaviy hamjihatlik va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamladi.
Sport bilan muntazam shug‘ullanish salomatlikni mustahkamlash, jismoniy faollikni oshirish, ishchanlik qobiliyatini yaxshilash hamda kundalik faoliyat samaradorligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bois jismoniy faollik va sport mashg‘ulotlarini kundalik turmush tarzining ajralmas qismiga aylantirish sog‘lom va samarali hayot kechirishning muhim omillaridan biridir.
Sog‘lom jamoa samarali faoliyatning muhim poydevoridir. Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi barchani faol hayot tarziga amal qilish va sport bilan muntazam shug‘ullanishga chorlaydi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
02/10/2026
41

