Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida maktab kutubxonachisi tomonidan pedagog xodimlar ishtirokida kitobxonlik mavzusida amaliy trening tashkil etildi.

Trening davomida kitob mutolaasining inson ma’naviy kamolotidagi o‘rni, jamoa va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, shuningdek, badiiy adabiyotning tafakkur va dunyoqarashni kengaytirishdagi beqiyos ahamiyati haqida atroflicha fikr almashildi.

Muloqot jarayonida pedagoglar o‘zaro tajriba almashib, ta’lim maskanida kitob mutolaasini yanada keng targ‘ib qilish hamda samarali kitobxonlik muhitini shakllantirish yuzasidan o‘z taklif va tashabbuslarini bildirdilar. Zero, kitobxon ustoz — ma’rifatli avlod tarbiyachisidir.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 15:49

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

10/11/2026

14