Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga bag‘ishlangan bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Tadbir davomida ustozlarga atalgan samimiy tilaklar, she’rlar, kuy-qo‘shiqlar hamda o‘quvchilarning badiiy chiqishlari namoyish etildi.

Bayram dasturi ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak hurmat, ehtirom va minnatdorlikning yorqin ifodasiga aylandi. O‘quvchilarning chiqishlari tadbirga alohida fayz bag‘ishlab, ustozlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi jamoasi barcha ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Ularga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kuch-g‘ayrat, pedagogik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar hamda yangi zafarlar tilaymiz. Har bir shogirdning yutug‘i ustozlar qalbiga faxr va quvonch bag‘ishlasin.

Oxirgi yangilangan: 07.10.2026 12:46

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

29/09/2026

30