Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Kasbiy rivojlanish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 2–6-noyabr kunlari jamoaning kasbiy rivojlanishi va o‘zaro hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan maxsus seminar-treninglar o‘tkazilmoqda.
Haftalik tadbirlarning ilk mashg‘ulotlaridan biri sifatida “Kasbiy rivojlanish va zamonaviy pedagogik texnologiyalar” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kasbiy mahoratni uzluksiz rivojlantirish, ta’lim jarayonida samarali va innovatsion yondashuvlardan foydalanish hamda jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur haftalik dastur maktab jamoasining kasbiy salohiyatini yanada oshirish, xodimlar o‘rtasida hamjihatlik va o‘zaro ishonchni mustahkamlash, sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish hamda korporativ madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
02/11/2026
5

