Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida harbiy-sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 10–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik va mardlik ruhida tarbiyalash hamda ularning jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida harbiy-sport musobaqasi tashkil etildi.
Bellashuvlar davomida o‘quvchilar 7 ta shart bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdilar: arqon tortish, jarima zarbasi tepish, gaz niqobini kiyish, turnikda tortilish, armrestling, kamondan o‘q uzish hamda yotgan holda qo‘llarni bukib-yozish.
Murosasiz va yuqori kayfiyatda o‘tgan musobaqada o‘quvchilar mustahkam iroda, chaqqonlik, chidamlilik va jamoaviy birdamlikni namoyon etdilar. Bellashuv yakunida yuqori natija ko‘rsatgan jamoalar va faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
Ushbu harbiy-sport tadbiri o‘quvchi-yoshlarda mustahkam harbiy intizom, sog‘lom raqobat, jamoaviy hamjihatlik hamda Vatanga sadoqat tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
15/10/2026
34

