Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida harbiy-amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi
Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida yoshlarning harbiy-vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida harbiy-amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Farg‘ona viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chaqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassisliklari bo‘yicha tayyorlash markazi bilan hamkorlikda maktabning 11-sinf o‘quvchilari ishtirokida tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida o‘quvchilar mutaxassislar rahbarligida pnevmatik quroldan nishonga o‘q otish hamda AK-74 qurolini me’yorlar asosida noto‘liq qismlarga ajratish va qayta yig‘ish bo‘yicha amaliy mashqlarni bajardilar. Ushbu amaliy jarayonlar o‘quvchilarning harbiy tayyorgarligini oshirish, ularda temir intizom, yuqori mas’uliyat, chaqqonlik va Vatanga bo‘lgan sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:
16/10/2026
38

