Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

2026-yil 10-noyabr kuni Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida Farg‘ona davlat texnika universitetining sohaviy kuratori, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Xamdamova Shoxida Sherzodovna hamda 5 nafar o‘quvchi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilarning qiziqishlari, kelajakdagi kasbiy maqsadlari va tanlagan mutaxassislik yo‘nalishlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, IELTS va SAT xalqaro imtihonlari, nufuzli fan olimpiadalari hamda oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muloqot jarayonida yoshlarni individual qo‘llab-quvvatlash, ularni tizimli ravishda kasbga yo‘naltirish va ta’lim sifatini yuksaltirishda sohaviy kuratorlik hamkorligining muhim ahamiyati ta’kidlandi. Mazkur uchrashuv o‘quvchilarning kelajakdagi ta’lim yo‘nalishi va kasbiy maqsadlarini aniq belgilashga qaratilgan amaliy hamkorlikning muhim bosqichi bo‘ldi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 15:38

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

10/11/2026

14