Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

⚡️ Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida “Family Day” davom etmoqda.

“Farzandim – faxrim” shiori ostida tashkil etilgan navbatdagi uchrashuvning asosiy maqsadi ta’lim muassasasi va oila o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, o‘quvchilar ta’lim-tarbiyasida ota-onalarning faol ishtirokini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.

Tadbirda 5-sinf o‘quvchilari hamda ularning ota-onalari faol qatnashdilar.

🔸 Dastur doirasida o‘quvchilar sahna chiqishlari orqali o‘z iste’dod va qobiliyatlarini namoyish etdilar. She’rxonlik, sahna ko‘rinishlari, kuy va qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Ayniqsa, milliy cholg‘ularda ijro etilgan kuylar ota-onalar va mehmonlarda unutilmas taassurot qoldirdi.

🔰 Uchrashuv davomida o‘quvchilar ota-onalari bilan birgalikda turli sport bellashuvlarida ham faol ishtirok etdilar. Jamoaviy musobaqalar ishtirokchilarga quvonchli lahzalar ulashib, ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi hamjihatlikni yanada mustahkamladi.

“Family Day” tadbirlari maktab va oila hamkorligini rivojlantirish, o‘quvchilarning qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash hamda ota-onalarni maktab hayotiga yanada faol jalb etishga xizmat qilmoqda.

Oxirgi yangilangan: 07.10.2026 12:30

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

29/09/2026

27