Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

22-oktabr kuni Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida bolalar yozuvchisi Ibrohimova Gulchiroy Asqarali qizi bilan “Adib bilan yuzma-yuz” mavzusida ochiq muloqot va ijodiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida o‘quvchilar adiba bilan samimiy fikr almashib, kitobxonlik madaniyati, badiiy ijodkorlik sirlari hamda ona tilimizning betakror jozibasi haqida suhbatlashdilar. Jonli va ochiq muloqot yosh kitobxonlarga adabiyot olamiga yanada yaqindan nazar tashlash, asarlar yaratilish jarayoni bilan tanishish hamda o‘z fikr va qiziqishlarini erkin ifoda etish imkonini berdi.

Mazkur ijodiy uchrashuv o‘quvchi-yoshlarning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning ijodiy tafakkurini rivojlantirish hamda ona tilimizga nisbatan mehr va ehtirom tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 14:12

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

23/10/2026

10