Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 24-oktabr — Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) kuniga bag‘ishlangan keng qamrovli bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan jahonning turli davlatlari tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari hamda boy madaniyati haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Milliy liboslar, an’anaviy taomlar ko‘rgazmasi, mazmunli sahna ko‘rinishlari va qiziqarli taqdimotlar orqali dunyo xalqlarining o‘ziga xos jihatlari yuksak mahorat bilan namoyish etildi.

Shu bilan birga, chiqishlarda xalqaro hamkorlik, tinchlik, do‘stlik va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro hurmat kabi muhim umuminsoniy qadriyatlarning mazmun-mohiyati yoritib berildi. Ushbu madaniy tadbir yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, o‘zga xalqlar madaniyatiga hurmat ruhida tarbiyalash hamda ularning xalqaro munosabatlarga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.

Turli millat va madaniyatlarni birlashtirgan mazkur bayram ko‘tarinki ruhda o‘tib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar ulashdi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 14:26

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

24/10/2026

5