Asosiy mazmunga o‘tish
Qidiruv

2026-yil 11-noyabr kuni Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida 6-sinf o‘quvchilari ishtirokida «Do‘stlik va muruvvat» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi.

Suhbat davomida do‘stlik, o‘zaro hurmat, mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlik kabi yuksak insoniy fazilatlarning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati atroflicha muhokama qilindi. O‘quvchilar haqiqiy do‘stlikning mazmuni, qiyin vaziyatlarda bir-birini qo‘llab-quvvatlash hamda atrofdagilarga mehr-muruvvat ko‘rsatish borasida o‘z fikr-mulohazalarini erkin bildirdilar.

Bunday ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv va suhbatlar yosh avlod qalbida ezgu insoniy fazilatlarni shakllantirish, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Zero, haqiqiy do‘stlik ishonch va sadoqatda, muruvvat esa mehr va ezgu amallarda namoyon bo‘ladi.

Oxirgi yangilangan: 12.11.2026 15:59

Bizni ijtimoiy tarmoqlardan kuzating:

11/11/2026

14